Соҳа: | Тендер ва эълонлар |
Чоп этиш санаси: | 2023-07-12 09:29:22 |
Муддат: | 2023-07-21 |
Кўрилди: | 0 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoniga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga biriktirilgan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4, 11-uy manzilida bo‘sh turgan 1,2 gektar yer maydonga Suv xo‘jaligi tizimi xodimlari uchun ko‘p qavatli uy-joylar majmuasini qurish obyekti loyihasi bo‘yicha 2023-2024 yillarda ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlash yuzasidan ochiq tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Ko‘p qavatli uy-joylarni qurishni moliyalashtirish manbasi: Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan.
- Ko‘p xonadonli uy-joylarni texnik tavsifi va loyiha eskizi namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashish;
- Taqdim etilgan takliflar tanlov komissiyasi tomonidan eng yaxshi taklif asosida tanlab olinadi;
- Ko‘p xonadonli uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan qurish uchun yetarli mablag‘i mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Tanlov shartlariga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga “CC” va undan yuqori reyting bahosiga ega bo‘lgan qurilish tashkilotlari jalb qilinishi qat’iy belgilangan;
Ko‘p qavatli qurilishi rejalashtirilgan uylar soni: 4 dona (2 podezdli, 12 qavatdan oshmagan ko‘p qavatli turar-joyni barcha qulayliklarga ega bo‘lgan tayyor holatda (pod klyuch) 300 xonadondan oshmagan zamonaviy loyihalar asosida qurib topshirish;
Ajratilgan 1,2 gektar maydonda avtoturargoh, bolalar maydonchasi, bolalar bog‘chasi, obodonlashtirilgan va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar kabi ko‘plab qulayliklari bilan Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi xodimlariga ipoteka krediti, xodimlar shaxsiy mablag‘lari yoki muddatli to‘lov asosida sotib oladigan 150 ta xonadonga ega bo‘lgan uy-joylar;
Ko‘p qavatli turar-joy qurishda xonadonlarning o‘lchamlariga qo‘yiladigan talablar:
1-xonali: 15 kvartira 50 m2 dan 55 m2 gacha;
2-xonali: 35 kvartira 60 m2 dan 70 m2 gacha;
3-xonali: 100 kvartira 100 m2 dan 110 m2 gacha;
Turar-joy majmuasining tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini xususiy investor (bosh pudratchi tashkilot) hisobidan olib kelish va tegishli tashkilotlar bilab kelishish.
Obyektni ko‘rish manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4, 11-uy, topshirish muddati shartnoma imzolangan kundan 12 oy.
- korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot, ishchi xizmatchilar soni, mashina va mexanizmlar ro‘yxati, aylanma mablag‘lari to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi va 1%lik bank kafolati, ro‘yxat bo‘yicha DSIdan qarzi bor-yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4, 11-uy.
Telefon: (71) 202-47-50,
Mas’ul: M.Qurbonov.