Ташкилотчи:
Бошланиш санаси: 25.10.2023
Тугаш санаси: 15.11.2023
Buxoro viloyatida joylashgan, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan “Quyi mozor” suv omborining nomi o‘zgarmoqda.
Suv omborini “Tozako‘l”, “Shaffofko‘l”, “Moviyko‘l” deb nomlash takliflari bildirilgan bo‘lib, hozirda tegishli tartibda ko‘rib chiqilayapti.
Qaysi nom Sizga ma’qul kelsa yoki ushbu suv omborini nomlash yuzasidan yangi takliflar bo‘lsa Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmatining elektron pochtasi orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz.
Barcha takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, eng maqbuli inobatga olinadi.
Elektron pochta manzilimiz: press@minwater.uz