Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning o‘rganib chiqilgani va natijadorligi haqida
MA’LUMOT
Vazirlikda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro monitoringini water.ijro.uz elektron dasturidan foydalangan holda yuritish va nazorat qilish, hay’at, markaziy apparat yig‘ilishlarida vazir va o‘rinbosarlar huzurida muntazam ravishda muhokama qilinishi tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
2023-yil mart oyida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlarni malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda vazirlikning murojaatlar bilan ishlashga mas’ul 2 nafar hamda hududlardagi tizim tashkilotlardan 13 nafar xodimlar maxsus o‘quv kursida o‘qitilib, sertifikatlar oldi. Shu bilan birga, aprel oyida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkillashtirilgan malaka oshirish dasturida vazirlikning 5 nafar xodimi faol ishtirok etib, kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Vazirlikka 2023-yil davomida turli manbaalar orqali 3079 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushdi. 2022 yilning shu davrida vazirlikka fuqarolardan jami 2702 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, suv tanqisligi sababli sug‘orish suvi maslasida murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 377 taga oshib, bu 12 foizni tashkil etdi.
3079 ta murojaatdan 278 ta (9%)si vazirlik vakolatidagi masala bo‘lmaganligi sababli taalluqliligi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan bo‘lib, 3 ta (0,9%) murojaat yuzasidan anonim hamda 43 ta (1,4%) murojaat yuzasidan ko‘rmasdan qoldirish xulosalari qabul qilingan. Joriy yil 29 dekabr holatiga 14 ta (0,6%) murojaat o‘rganish jarayonida.
Vazirlik vakolati doirasida o‘rganilib, hal etilgan 2741 ta (89%) murojaatdan 1786 tasi (65%) ijobiy, qolgan 955 tasi (35%) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Murojaatlarni o‘rganish jarayonida Qonun va normativ hujjatlarda belgilangan muddatlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
2023 yil davomida vazirlikka jismoniy shaxslardan 2930 ta (95%) hamda yuridik shaxslardan 149 ta (5%) murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2132 tasi (69%) elektron, 371 tasi (12%) yozma hamda shaxsiy qabullarda 72 tasi (2,3%) qabul qilingan bo‘lsa, sayyor qabullarda 385 ta murojaat va 504 ta (16,3%) og‘zaki murojaat kelib tushgan.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Sayyor qabullar jadvaliga asosan vazirlik rahbariyatining hududlarda 13 marotaba sayyor qabuli tashkil etilib, jami 385 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillari qabul qilingan. 2022-yilning shu davrida 19 marotaba, ya’ni 367 nafar fuqaroning qabuli tashkil etilgan bo‘lib, 5% ko‘paygan.
Vazirlikka kelib tushgan murojaatlar yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganilganda sug‘orish suvi masalasida – 1520 ta (55,5%), irrigatsiya, melioratsiya masalasida – 759 ta (28%), nasos stansiyalari masalasida – 211 ta (7,6%), ijtimoiy masalalarda – 177 ta (6,5%), qurilish masalasida – 113 ta (4%), suv tejovchi texnologiyalar masalasida – 101 ta (3,7%), rahbar xodimlar xati-harakati yuzasidan – 82 ta (3%), investitsiya masalasida – 16 ta (0,6%)ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan – 147 ta (4,7%), Andijon viloyatidan – 136 ta (4,4%), Buxoro viloyatidan – 374 ta (12,1%), Jizzax viloyatidan – 132 ta (4,3%), Qashqadaryo viloyatidan – 470 ta (15,2%), Navoiy viloyatidan – 76 ta (2,4%), Namangan viloyatidan – 244 ta (8%), Samarqand viloyatidan – 197 ta (6,3%), Sirdaryo viloyatidan – 146 ta (4,7%), Surxondaryo viloyatidan – 445 ta (14,5%), Farg‘ona viloyatidan – 301 ta (9,8%), Xorazm viloyatidan – 104 ta (3,3%), Toshkent viloyatidan – 267 ta (8,6%), Toshkent shahridan – 33 ta (1%), chet eldan 7 ta (0,2%) murojaat kelib tushgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi