Tender savdolariga taklif
Sana:
|
26-mart 2024-yil
|
Qarz bitimi raqami va nomi:
|
3025/3026-UZB: Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash loyihasi
|
Shartnoma raqami va nomi:
|
ABISR-SES-2 – “Loyihaning yakuniy ijtimoiy-iqtisodiy baholash”
|
Narx takliflarini topshirishning oxirgi muddati:
|
15-Aprel, 2024-yil, 15:00, Toshkent standart vaqti (TST)
|
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati Osiyo taraqqiyot bankidan (OTB) – “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini qayta tiklash ” loyihasi uchun qarz mablag‘lari oldi. Ushbu mablag‘ning bir qismi yuqoridagi shartnoma bo‘yicha to‘lovlar uchun ishlatiladi. Tenderda qatnashish uchun OTB tomonidan moliyalashtirishga haqli bo‘lgan mamlakatlarning ishtirokchilariga ruxsat beriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiyalar loyihalarini amalga oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) tegishli tender ishtirokchilaridan muhrlangan tender takliflarini – “Loyihaning yakuniy ijtimoiy-iqtisodiy baholash” paketi uchun qabul qiladi.
- Konsalting xizmatlarining maqsadi Loyihaning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini baholashdan iborat. Konsultant kompaniyaning ish doirasi Loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini baholash uchun ma’lumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish va natijalarni sharhlashdan iborat.
- Muvofiqlik va malaka mezonlari tafsilotlari Narx takliflariga so‘rov (RFQS) hujjatida to'liq tavsiflangan. Ushbu tenderda faqat talab qilinadigan malakaga ega bo'lgan xizmat ko‘rsatuvchi konsultant kompaniyalar ishtirok etishlari kerak. RFQS hujjatini olish uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi konsultant kompaniyalar yuqoridagi manzilga elektron pochta so‘rovlarini yuborishlari kerak. RFQS hujjatini 2024-yil 15-aprel kuni TST soat 15:00 ga qadar yuborash mumkin, undan keyin hech qanday soʻrov qabul qilinmaydi.
- Qo‘shimcha ma’lumot olish va RFQS hujjatini tekshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi konsultant kompaniyalar Buyurtmachi bilan bog‘lanishlari kerak (ish vaqtida 09:00 dan 18:00 TST shanba, yakshanba va bayramlardan tashqari):
Manzil: Labzak ko‘chasi, 1a-uy, 100000, Toshkent, O‘zbekiston
Diqqat: Shamsiddin Sultonov, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiyalar loyihalarini amalga oshirish markazi direktori
Elektron pochta manzili: abisr@mail.ru
Tel.: +998 91 234 03 03, +998 55 520 10 06
Takliflar quyidagi manzilga 2024-yil 15-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan oldin yuborilishi kerak. Barcha takliflar RFQS hujjatida ko‘rsatilganidek, hujjatlar bilan birga bo'lishi kerak. Kechiktirilgan takliflar rad etiladi.
Takliflarni quyidagi manzilga yetkazing
- Manzil: 1 A, Labzak ko‘chasi 100000, Toshkent, O‘zbekiston
- Tender takliflarini topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 15-aprel, 15:00, Toshkent standart vaqti (TST)
- Buyurtmachi takliflarni tayyorlash va yetkazib berish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatuvchi konsultant kompaniyalar tomonidan qilingan har qanday xarajatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
- Buyurtmachi hech qanday sabab ko‘rsatmasdan har qanday yoki barcha kotirovkalarni qabul qilish yoki rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Tender takliflari takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati tugagandan so‘ng darhol, ishtirok etishni xohlovchi ishtirokchilarning vakillari ishtirokida ochiladi.