Suv xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot
Hisobot davrida vazirlik tasarrufidagi 5 162 dona suv o‘lchash postlariga “Aqlli suv” qurilmalarini o‘rnatish belgilangan bo‘lib, amalda 2 229 dona (43%) qurilmalar o‘rnatilgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 1 ta yirik suv xo‘jaligi ob’ektini boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan.
Yillik 253 dona nasos stansiyasiga suv miqdorini onlayn nazorat qilish qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 11 ta nasos stansiyasiga o‘rnatilgan yoki reja 4 foizga bajarilgan.
1 080 dona meliorativ kuzatuv quduqlariga sizot suvlari sathi va minerallashganlik darajasini onlayn monitoring qilish qurilmalari o‘rnatilib, bu boradagi reja 51 foizga bajarilgan.
Axborot-kommunikatsiya va raqamli
texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi
Suv xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish borasida 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-sonli qaroriga asosan, 2021–2023 yillarda respublikamiz bo‘yicha 18 576 ta ob’ektda suv resurslarini “onlayn” rejimda monitoring qiluvchi “Aqlli suv”, 1 688 ta nasos stansiyada suvni “onlayn” rejimda monitoring qilish qurilmalarini o‘rnatish, 6 172 ta meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkazish hamda 60 ta suv xo‘jaligi obуektlarini boshqarishni avtomatlashtirish rejalashtirilgan.
2023-yil 13-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan, joriy yilning I choragida 614 ta “Aqlli suv” va 525 ta “Dayver” qurilmalarini o‘rnatish rejasi belgilangan.
Tasdiqlangan rejani bajarish uchun I chorakda mahalliy byudjetdan yetarli mablag‘lar ajratilmaganligiga qaramasdan, 35 ta “Aqlli suv” va 209 ta “Dayver” qurilmalari suv xo‘jaligi obуektlariga o‘rnatilgan.
Axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi