G‘ijduvon tumanida joylashgan “Soktare” nasos stansiyasi hududdagi ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tabiiyki, suv inshooti vohadagi boshqa nasos stansiyalari kabi qimmatbaho resurs – elektr energiyasi hisobiga ishlaydi.
Amu-Buxoro ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tashabbusi bilan mazkur obyektda o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarni suv bilan ta’minlash jarayonida elektr energiyasini imkon qadar tejash masalalari atroflicha muhokama etildi. Shu maqsadda ishchi va mutaxassislarning mas’uliyatini oshirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari nasos stansiyasi atrofidagi ekin yerlaridan samarali foydalanib, mehnat jamoasining qo‘shimcha daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati