O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi tegishli qaroriga asosan Surxondaryo viloyatidagi 14 ta irrigatsiya va 2 ta melioratsiya obуektlarini ta’mirlash-tiklash, yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilish belgilangan. «Qiziriq tumani xo‘jaliklarida kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish» obуekti shunday loyihalardan biridir. Loyiha doirasida quruvchi tashkilot – «Faxriddin» MChJ bunyodkorlari 2 milliard 54 million so‘m evaziga 2,603 kilometr uzunlikda yangi kollektor-drenaj tarmog‘i, 2 ta quvurli o‘tish inshooti va 3 ta akveduk qurish ishlarini bajarib, bir joyda qirg‘oq himoyasi hamda 2 dona yuza suvlarini tushirgichni barpo etadi hamda yer osti sizot suvlari sathi va mineralizatsiyalashuvini avtomatik monitoring qiluvchi 50 dona «Dayver» qurilmasini o‘rnatadi. Loyihadagi ishlar amalga oshirilgach, tumanning 400 gektar ekin maydonlari meliorativ holati yaxshilanadi....
Sherobod tumani ekin maydonlarida dehqonchilik qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkilotlarining faoliyatiga nazar tashlansa, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o‘tgan va avvalgi yillarda dalalariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda deyarli harakat qilinmagani oydinlashadi. Masalan, 2023-yilda Sheroboddek yer maydoni katta tumanda atigi 40 gektar paxtazorda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgani maqtagulik holat emas....
Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ agroklasterida mo‘l va sifatli paxta hosili olish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Ikki yildirki jamiyatga qarashli asosiy ekin maydonlarida xitoy texnologiyasi asosida, ya’ni g‘o‘zani polietilen plyonka ostiga yotqizilgan tomchilatib sug‘orish usulida yetishtirilmoqda. Joriy yilda 611 gektar maydonga shu usulda chigit ekildi....
Xalqimiz oqib turgan suv hayot, toshib ketgani balo deb bejiz aytmagan. Sel-toshqinlar odamlar, qishloq xo‘jaligi ekinlariga ko‘p zahmat keltiradi. Tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha Qashqadaryo viloyat suv omborlardan foydalanish boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda taktik o‘quv-mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda....
2023-yilning so‘nggida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatish uchun Sharof Rashidov tumanidagi “Sultonbek Navro‘z” fermer xo‘jaligi boshqaruviga berilgan “Yashil voha” nasos stansiyasida seminar tashkil etildi....
Amu-Surxon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Boysun tumanida joylashgan «Darband-2» nasos stansiyasida seminar o‘tkazildi. Seminarda nasos stansiyasidagi agregatlarning mavsumga qay darajada ta’mirlanganligi ko‘zdan kechirildi. Nazorat-kuzatuv natijasida barcha nasos agregatlari va elektr dvigatellar maromida ishlab turgani aniqlandi. Jamoa a’zolariga elektr energiyasi narxi qimmatlashgani, buning uchun limit bo‘yicha ajratilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish va tejash zarurligi tushuntirildi. Agregatlarni huda-behuda ishlatmaslik, nasos stansiyasi ichki va tashqi qismini yoritishda energiya tejamkor lampalarni o‘rnatish, agregatlarni rejim bo‘yicha ishlatish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi....
Qorako‘l tumanidagi 29 ming gektardan ortiq ekin yerlari “Qorako‘l” nasos stansiya yordamida yetkazib beriladigan suv bilan obihayotga qondiriladi. Bugun mazkur suv inshootida 27 nafar ishchi va texnik xodimlar faoliyat olib boradi. Ular ist’molchilar uchun suv ta’minotining barqarorligini ta’minlash bilan bir qatorda nasos stansiyasi atrofidagi 50 sotixdan ortiq ekin yerlarida samarali foydalanish hamda inshoot yon-atrofini obod go‘shaga aylantirish maqsadida ham ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda. Ayni kunlarda bu yerda 3 sotixli issiqxonada limon, yana shuncha maydondagi issiqxonada esa pomidor yetishtirilmoqda. Shuningdek, ekin yerlariga turli xil sabzavot va poliz ekinlari ham ekilgan. Bundan tashqari bu yerda kurka parvarishlash borasida ham katta tajriba to‘plangan....
Surxondaryo viloyatidagi suv xo‘jaligi obyektlarini xususiy sheriklar boshqaruviga berish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021–2022-yillarda jami 3 ta loyiha bitimi rasmiylashtirilib, ularga asosan 2 ta nasos stansiyasi hamda 2 ta meliorativ tik quduq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sheriklar boshqaruviga o‘tkazilgandi....
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan “Nasoschilar chorvasi” MChJ o‘rtasida imzolangan bitimga binoan “Zarbdor-1”, “Zarbdor-2” va “Oqbuloq” nasos stansiyalari bundan 3 yil avval davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashabbuskor tadbirkor tasarrufiga o‘tgan edi....
Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Yoyilma” nasos stansiyasida tashkil etilgan seminarda ajratilgan elektr energiya limitiga qat’iy rioya qilish, elektrotejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos agregatlari va ehtiyot qismlarini texnik soz holda saqlash, inshoot hududi va atrofini obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi....