Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilingandan buyon respublikamizning barcha hududlarida sug‘orish kanal va ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari olib borishga jiddiy kirishilgan. Bu ishlar natijasida oqar suvlarning ortiqcha singishiga barham beriladi.
Jumladan, Urganch tumanidan o‘tuvchi “Urganch yab” kanalida ham ana shunday betonlashtirish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kanaldagi gidroinshootlar rekonstruksiya qilinib, qazish, monolit va temir-beton qoplama qilish, belgilangan piketlarda kerakli uskuna va jihozlarni o‘rnatish, yangilash kabi ishlar ham olib borilmoqda. Mazkur ishlarga 1949,5 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati