Termiz muhandislik texnologiya institutida boshqa sohalar kabi irrigatsiya va melioratsiya mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Jumladan, Qurilish fakultetining suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, irrigatsiya tizimlarida gidrotexnika obyektlari ta’lim yo‘nalishlarida 150 nafardan ziyod yosh tahsil olmoqda....
Nishon tumanining “Samarqand”, “Hamza” va “Guliston” hududlarida yerlarning meliorativ holati yomonlashganligi, ushbu yerlarga xizmat ko‘rsatuvchi kollektor-drenaj tarmog‘ini yetarli emasligi tufayli qoniqarsiz holatda ekanligi aniqlangan....
Joriy yilning 23-oktabr kuni Axborot-tahlil va resurs markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi....
G‘ijduvon tumanida joylashgan “Soktare” nasos stansiyasi hududdagi ekin yerlarini suv bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tabiiyki, suv inshooti vohadagi boshqa nasos stansiyalari kabi qimmatbaho resurs – elektr energiyasi hisobiga ishlaydi.Amu-Buxoro ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tashabbusi bilan mazkur obyektda o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarni suv bilan ta’minlash jarayonida elektr energiyasini imkon qadar tejash masalalari atroflicha muhokama etildi. Shu maqsadda ishchi va mutaxassislarning mas’uliyatini oshirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi....
Qiziltepa tumanida suv resurslaridan foydalanish va “Suv yetkazib berish xizmati” DM faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan “Toshrabot-O‘rtacho‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mas’ul xodimlari, Qiziltepa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirok etdi....
2024-yil 18-aprel kuni telegram tarmog‘idagi “GENERALISSIMUS” kanali orqali Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, Bosh prokuratura, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirligiga yo‘llangan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat...
Muzrabot tumanida joriy yilda 917 gektar maydonda tomchilatib, 383 gektar g‘allazorda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozircha «Suvkredit.uz» platformasi orqali 22 ta talabgorning 326 gektar maydonida tejamkor texnologiyalarini qo‘llash uchun 4,5 milliard so‘m moliyalashtirilgan. Ayni paytda «Eko polimer komfort» hamda «Omad start» MChJ mutaxassislari tomonidan 60 gektar maydonda texnologiyalarni qurish ishlari bajarilmoqda. Amu-Surxon ITHB bosh mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminarda suv tejovchi texnologiyalarni dalasida o‘rnatishga talabgor fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ularning dalasida ishlayotgan pudratchi tashkilotlar mutaxassislariga prezidentimizning joriy yil 5 yanvardagi «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar, «Suvkredir.uz» elektron tizimi orqali kredit ajratish tartiblari, dalasida suv tejamkor texnologiyalarni o‘rnatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyalar haqida batafsil tushuncha berildi....
Korrupsiya – jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladigan, barcha sohadagi islohotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan eng jiddiy xavf-xatarlardan biri....
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini zaruriy texnikalar, jumladan, ekskavator bilan ta’minlash, faoliyatini moliyalashtirish, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish vazifalari belgilab berilgan. Bularning hammasi suvchi mehnati qadrlanadi, miroblik kasbini tanlagan insonlarga kuch quvvat-bag‘ishlaydi, deganidir....
Surxon-Sherobod dashtlarini o‘zlashtirish hisobiga ochilgan qo‘riq yerlar zamirida tashkil qilingan Qiziriq tumani tuzilganiga ham bu yil ellik yil to‘lmoqda. 1974-yili qurilgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yer osti sizot suvlari chiqib ketishini ta’minlashga xizmat qiluvchi kollektorlar va yopiq-yotiq drenaj tarmoqlari ham yillar davomida loyqa hamda cho‘kindilarga to‘lishi oqibatida sekin-asta eskirayapti. Zaminni yoshartirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish, unumdor yerning sho‘rlanishini kamaytirish maqsadida har yili tuman hududida yangi kollektor-drenaj tarmoqlari bunyod etilmoqda. Jumladan, amaldagi yilda ham «Qiziriq tumani xo‘jaliklarida kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish» loyihasiga ko‘ra, 2,63 kilometr uzunlikda yangidan kollektor-drenaj tarmog‘i bunyod etiladi....