Qiziltepa tumanida suv resurslaridan foydalanish va “Suv yetkazib berish xizmati” DM faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan “Toshrabot-O‘rtacho‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mas’ul xodimlari, Qiziltepa tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM bo‘limi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda sug‘orish mavsumi boshlanganligi hamda vegetatsiya mavsumi uchun har bir iste’molchi kesimida joriy yil uchun limit ajratilganligi to‘g‘risida axborot berildi. Shuningdek, suv resurslaridan samarali foydalanish masalasi bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida yig‘ilganlarga hisobot berildi.
Shundan so‘ng, mas’ullar tumanda suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan bajarilgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli va to‘laqonli ta’minlash bo‘yicha rahbar va mutaxassislarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati