Qorako‘l tumanidagi 29 ming gektardan ortiq ekin yerlari “Qorako‘l” nasos stansiya yordamida yetkazib beriladigan suv bilan obihayotga qondiriladi. Bugun mazkur suv inshootida 27 nafar ishchi va texnik xodimlar faoliyat olib boradi. Ular ist’molchilar uchun suv ta’minotining barqarorligini ta’minlash bilan bir qatorda nasos stansiyasi atrofidagi 50 sotixdan ortiq ekin yerlarida samarali foydalanish hamda inshoot yon-atrofini obod go‘shaga aylantirish maqsadida ham ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda. Ayni kunlarda bu yerda 3 sotixli issiqxonada limon, yana shuncha maydondagi issiqxonada esa pomidor yetishtirilmoqda. Shuningdek, ekin yerlariga turli xil sabzavot va poliz ekinlari ham ekilgan. Bundan tashqari bu yerda kurka parvarishlash borasida ham katta tajriba to‘plangan.
– Nasos stansiyamizda ishchi-xodimlarning ovqatlanishi va qo‘shimcha daromad olishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayapmiz, – deydi mehnat jamoasi rahbari Farruh Ro‘ziyev. – Bundan barcha mamnun.
Chindan ham ahil jamoaning sa’y-harakati bilan nasos stansiyasi kishining bahri dilini ochadigan manzilga aylanib bormoqda
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati