Joriy yilning 23-oktabr kuni Axborot-tahlil va resurs markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2016–2020-yillarda agentlikning grant mablag‘lari doirasida amalga oshirilgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish master-rejasi va pilot loyihasi”ni davom ettirish maqsadida yangi kichik loyihani amalga oshirish ishlari muhokama etildi.
Shuningdek, kichik loyiha doirasida 61 ta suv xo‘jaligi obуektlarida o‘rnatilgan suvni real vaqt rejimida hisobini yurituvchi qurilmalarning texnik holatini yaxshilash, ularni zahira butlovchi qismlari bilan ta’minlash hamda server va monitoring tizimlarini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida kelgusida bajariladigan ishlar va amalga oshiriladigan tadbarlar belgilab olindi.
Axborot xizmati