Nishon tumanining “Samarqand”, “Hamza” va “Guliston” hududlarida yerlarning meliorativ holati yomonlashganligi, ushbu yerlarga xizmat ko‘rsatuvchi kollektor-drenaj tarmog‘ini yetarli emasligi tufayli qoniqarsiz holatda ekanligi aniqlangan.
Shu bois 2024-yil Davlat dasturi asosida ushbu hududlarda 15,5 km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha tadbirlari amalga oshirilgach, 390 gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi.
Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya, ekspeditsiyaning Nishon uchastkasi xodimlari, pudratchi tashkilot, “Nishon Melio irrigatsiya” MChJ va buyurtmachi “Qashqadaryosuvqurilishinvest” DM vakillari ishtirokida loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish ishlari bo‘yicha vakillar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, ekspluatatsiya yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati