Bahodir aka kechasi bilan mijja qoqmay chiqdi. Bomdodga yaqin biroz uxlagandek bo‘ldi-yu, yana uyg‘onib ketdi, uning nimadandir ko‘ngli g‘ash. Bolalarni cho‘chitib yubormaslik uchun asta-sekinlik bilan eshikni ochib tashqariga chiqdi....
Suv tanqisligi tobora ko‘proq sezilib borayotgan bugungi kunda suv resurslaridan tejamkorlik asosida oqilona foydalanish, mavjud qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish muhim masala sanaladi. Bu borada Buxoro tumanida ham e’tirofga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hozirgi kunda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tashabbusi bilan fermer ho‘jaliklari va klaster korxonalari tomonidan zovur suvlari bilan oqar suvni aralashtirib g‘alla ekinlarini sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda suvining tarkibi foydalanishga yaroqli bo‘lgan kollektor va zovur qirg‘oqlariga 22 dona nasos agergatlari o‘rnatilgan....
Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tasarrufidagi tashkilotlarda yana bir xayrli ish – kanal va zovurlar, suv omborlari, nasos stansiyalari va boshqa gidroinshootlar hududlari hamda atrofiga terak qalamchalari ekishga alohida e’tibor qaratilmoqda....
Suv xo‘jaligi vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili F.Karimi xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi....
Bugun Suv xo‘jaligi vazirligida Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbir o‘tkazildi....
Ko‘kdala tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda....
Bugungi kunda korrupsiya jahon miqiyosida dolzarb muammolardan biri sifatida tan olingan bo‘lib, ushbu illat har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy putur yetkazishi bilan xavflidir....
Zarbdor tumanida suv tejovchi texnologiyalar joriy etish mavzuiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirga fermerlar, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari vakillari taklif etildi....
To‘rtko‘l tumanidagi “Dilshodxo‘ja dingli” fermer xo‘jaligi dadalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘indagi suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini suv iste’molchilariga tushuntirish yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi....
Iqlim o‘zgarishlari, ekologik vaziyat inqirozi kun tartibidagi dolzarb masalaga aygangan bugungi kunda esa yashillik olamini yaratish har bir insonning vazifasi va burchiga aylangan. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtdoshlarimiz orasida juda tez ommalashib ketdi. Masalan, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar tomonidan loyihaning bahorgi mavsumida 238 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda 10 million tup tol, terak va jiyda qalamchalarini o‘tqazishni reja qilingan....