Iqlim o‘zgarishlari, ekologik vaziyat inqirozi kun tartibidagi dolzarb masalaga aygangan bugungi kunda esa yashillik olamini yaratish har bir insonning vazifasi va burchiga aylangan. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtdoshlarimiz orasida juda tez ommalashib ketdi. Masalan, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar tomonidan loyihaning bahorgi mavsumida 238 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda 10 million tup tol, terak va jiyda qalamchalarini o‘tqazishni reja qilingan.
Suv xo‘jaligi tizimi ishchi-xodimlari ayni kunda Janubiy tashlama kanali atrofidagi himoya hududlari hamda qarovsiz yerlarni obodonlashtirib, dov-daraxt ekish iglarida faol ishtirok etmoqda.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati