To‘rtko‘l tumanidagi “Dilshodxo‘ja dingli” fermer xo‘jaligi dadalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘indagi suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini suv iste’molchilariga tushuntirish yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilariga mazkur qaror asosida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yangiliklar haqida atroflicha mu’lumot berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi
Matbuot xizmati