Chapqirg‘oq Amudaryo irrrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimlari “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Urganch davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi....
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamraуev Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etdi....
Joriy yilning 29-mart kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi galdagi vazifalar, yangi tashabbuslar muhokama qilingan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi....
Bugun Buxoro tumanidagi «Panja» suv taqsimlash inshootida Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraуev viloyatdagi suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashdi. Unda kuz-qish mavsumida viloyat suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, irrigatsiya-melioratsiya inshootlarini ta’mirlash-tiklash, kanal va ariqlarni betonlashtirish, suvdan samarali foydalanish, yordamchi xo‘jaliklar faoliyati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama etildi. Bu kabi tizimda muhim ahamiyat kasb etadigan masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va e’tiborsizliklar tanqid qilindi....
Yurtimizda boshqa ardoqli daraxtlarimiz kabi terak ekish va uni pravarishlash borasida ham qadimdan katta tajriba to‘plangan. Qishloqdagi har bir xonadonda osmonga bo‘y cho‘zgan teraklar shovullab o‘sib, havoning sofligiga rag‘bat bag‘ishlagani holda ko‘p yildan so‘ng yangi uylar yog‘ochini ta’minlashga xizmat qilgan. Terak barcha turdagi daraxtlar orasida eng yaxshi havo tozalovchi hisoblanadi....
Bahor – ekin-tikin uchun eng qulay mavsum. Bu faslda ekilgan har bir ko‘chat unib ketadi. Shu bois ham bog‘bonlar azaldan ko‘klamni orziqib kutishgan....
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyasi va energiya boshqarmasi tasarrufidagi, Parkent tumanida joylashgan “Do‘stlik” nasos stansiyasida elektr energiyasini tejash bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Unda tuman nasos stansiyalari bo‘limi hamda yirik nasos stansiyalari boshliqlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi....
Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Xalqobod-1» nasos stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirilganiga qariyb qirq yil bo‘layapti. Ushbu nasos stansiyasi «Bobotog‘» kanalidan suv tortib, «Xalqobod» hududidagi fermer xo‘jaliklarining 900 gektardan ziyod ekinzorlari hamda aholi tomorqalari, bog‘-rog‘larini obihayot bilan ta’minlaydi. O‘tgan yili nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida «Sag agro Jarqo‘rg‘on» MChJ boshqaruviga o‘tkazildi....
Buvayda tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi....
Jizzax viloyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etilib, qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Zarbdor tumanida tashkil etildi....