Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyasi va energiya boshqarmasi tasarrufidagi, Parkent tumanida joylashgan “Do‘stlik” nasos stansiyasida elektr energiyasini tejash bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Unda tuman nasos stansiyalari bo‘limi hamda yirik nasos stansiyalari boshliqlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda bu yilgi sug‘orish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vegetatsiya davrida elektr energiyasini tejash, elektrodvigatellarni muntazam nazorat qilish, ularga tejamkor uskunalarni o‘rnatish hamda agregatlar ta’mirini o‘z vaqtida olib borish, ishchi-xodimlarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Seminar yakunida mutaxassislar tomonidan nasos stansiyalari uchun ajratilgan elektr energiyasini limit doirasida ishlatish hamda o‘rnatilgan energo tejamkor qurilmalar hisobidan elektr energiyani iqtisod qilish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va maslahatlar berildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati