Qiziriq tumani «Cuv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi irrigatorlari tumandagi fermer xo‘jaliklari hamda «Surxon Kotton Cluster» paxta-to‘qimachilik klasterining g‘alla va paxta yetishtiriladigan dalalariga yetkazib berilayotgan suvdan unumli foydalanish hamda suv iste’moli hisobini aniq yuritishda «Aqlli cuv» qurilmalari har jihatdan qulayligini amalda ko‘rishmoqda. Chunki o‘tgan ikki yil orasida irrigatorlar tuman «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi balansidagi sug‘orish tarmoqlarining 24 tasiga «Aqlli suv» qurilmalarini o‘rnatishgan va barchasi suv xo‘jaligi vazirligi serveriga integratsiya qilingan....
Azizbek yaqindagina vazirlikda stajyor sifatida ish o‘rganib yurgan edi. Ichki ariqlarni betonlash sifati haqida material to‘plash uchun Oltinko‘l tumaniga borganimizda uni uchratib qoldik....
Suvchilik – o‘ziga xos mashaqqatli, mas’uliyatli va o‘rinli bo‘lsa, sharafli kasb. Sohada shunday insonlar borki, ularning mehnat faoliyati, hayot yo‘li ibrat olishga arzigulik. Ana shunday insonlardan biri Ravshan Ro‘ziev bo‘lib, u mana 40 yildirki «Qorako‘l» nasos stansiyasida navbatchi-elektrik vazifasida mehnat qilib keladi....
Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilayotgan dolzarb vazifalar bilan bir qatorda, tashkilotlar tomonidan qora va rangli metall parchalarini topshirish rejasining bajarilishi tanqidiy ruhda tahlil etildi....
Joriy yilning 1-apreligacha Surxondaryo viloyatidagi klaster tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘z mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan 1100 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan....
Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi sug‘oriladigan ekin maydonlarini obihayot bilan ta’minlash oxirgi o‘n yilliklarda dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolayapti. Sariosiyo tumanidagi 6662, Uzun tumanidagi 3062, har ikki tumanga qarashli jami 9724 gektar yer azaldan Hisor tizma tog‘larida yog‘adigan qor, yomg‘ir suvlaridan shakllanadigan «Obizarang» daryosi suvi hisobiga sug‘orib kelingan....
26-fevral kuni vazirlik markaziy apparatida yig‘ilish o‘tkazilib, ushbu haftadagi muhim vazifalar muhokama qilib olindi....
Amu-Surxon ITHB rahbariyati tashabbusi bilan Angor tumanidagi «Mustaqillik XXI asr» hududining «Qoraqir» uchastkasi hamda M.Azizov hududidagi «Angor zamini» klasteriga qarashli dalalarning chetidan o‘tgan kanal va kollektorlarda hashar uyushtirildi....
Angor tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM idorasida yordamchi xo‘jalikni yanada rivojlantirish, jumladan, qoramol, qo‘y-echki, tovuqlar bosh sonini ko‘paytirish, suv xo‘jaligi bino va inshootlari atrofini obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari ekishni davom ettirish, xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida matbuot xizmati bilan hamkorlik qilish, gazeta-jurnallarga obuna bo‘lish mavzusida seminar tashkil qilindi....
Mavjud suv resurslarida o‘ta tejamkorlik asosida foydalanish, uni iste’molchilar o‘rtasida adolatli taqsimlash, amaliyotga bu boradagi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, suv sarfini nazorat qilishni takomillashtirish, “Suv – tekin emas” degan iborani suvdan foydalanuvchilar ongiga singdirish kabi masalalar bugun suv ho‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ko‘p sonli ishchi va mutaxassislarning eng dolzarb vazifasi sanaladi....