Mirzaobod tumanida irrigatsiya-melioratsiya obуektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ obуektlar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi....
Har qatra suvni tejash, suv resurslaridan samarali foydalanish va iqtisod qilish talabi qo‘yilayotgan bugungi kunda iste’molchilarga yetkazib beriladigan obihayotning aniq hisob-kitobini yuritishda zamonaviy suv o‘lchash asboblarining ahamiyati katta. Shu bois sug‘orish tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda suv hajmi va sarfini onlayn tarzda hisobini olib boradigan «Aqlli suv» qurilmalarini o‘rnatishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu borada Angor tumani «Suv yetkazib berish» davlat muassasasi jamoasi ham sezilarli ishlarni amalga oshirmoqda....
Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi bo‘lgan, Sh.Rashidov tumani hududida joylashgan “Yashil voha” nasos stansiyasi 2023-yilning so‘nggi oylarida davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida xususiy tadbirkor boshqaruviga o‘tkazildi....
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida tashkil etilgan seminarda ana shu haqda so‘z yuritildi....
Qorako‘l tumani aholisi o‘rtasida ertangi qovoq yetishtirish va uning hosilidan yaxshigina daromad olish juda ommalashgan. Joriy yilda bu tajribani tuman suvchilari ham suv inshootlari atrofidagi ekin yerlarida sinab ko‘rishni niyat qilishgan. Shu maqsad yo‘lida hozirgacha amalga oshirilgan ishlar tahsinga loyiq....
Bugungi kunda suv xo‘jaligi tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, gidrotexnik mutaxassislarni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar asosida bilim va malakalarini oshirib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan o‘quv kursida ana shu maqsad ko‘zda tutilgan....
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Beruniy tumanida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur va suv iste’molchilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi....
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Sho‘ralisoy” nasos stansiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi....
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevral kuni Buloqboshi tumanida joylashgan “JFK-1” nasos stansiyasida “Elektr energiyasidan samarali foydalanish va iqtisod qilish va nasos stansiyalar agregatlarini ta’mirlash” mavzusida seminar o‘tkazildi....
«Amu-Zang» irrigatsiya tizimi boshqarmasi tasarrufida bir necha yirik kanallar bo‘lib, ular yordamida viloyatning beshta tumani ekin maydonlari, bog‘-rog‘lar, aholi tomorqalari obihayot bilan ta’minlanadi. Umumiy uzunligi 88 kilometrdan iborat «Zang» kanali shunday yirik sug‘orish tarmoqlaridan biri bo‘lib, 1967-yili qurilib foydalanishga topshirilgan. Kanalning 10,4 kilometr qismi tuproq o‘zanli, qolgan qismi betonlashtirilgan hamda har ikki-uch yil orasida joriy ta’mirlab turilganiga qaramay, yillar davomida suv oqaverganidan betonlarning bir qismi ko‘chgan, ayrim qismi yaroqsiz holda. Bundan tashqari, mutaxassislarning fikricha, kanaldagi mavjud 163 ta gidrotexnika inshootlarining ham asosiy qismi ta’mirtalab....