Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan 2024-yil 2-fevral kuni Buloqboshi tumanida joylashgan “JFK-1” nasos stansiyasida “Elektr energiyasidan samarali foydalanish va iqtisod qilish va nasos stansiyalar agregatlarini ta’mirlash” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda elektr energiyasidan samarali foydalanish va tejash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha joriy yilda 30 ta yangi nasos, 15 dona elektrodvigatel, 6 dona kondensator, 10 dona UUP qurilmasi, 10 dona quyosh batereyasini o‘rnatish rejalashtirilib, 2350 ming kVt elektr energiyasi tejash bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Seminar davomida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarida yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish buyicha amalga oshiriladigan masalar muhokama qilindi.
O‘quv seminar yakunida nasos stansiyalarda foaliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati