Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Sho‘ralisoy” nasos stansiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, mazkur nasos stansiyasida 3 dona nasos agregati mavjud bo‘lib, ularga 4 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Nasos stansiyasining umumiy suv chiqarish quvvati 1,0 m3/sek. ni tashkil etadi. Nasos stansiyasiga biriktirilgan maydon 895 gektarni tashkil etadi.
Seminarda elektr energiyasi iste’moli hamda uni tejash, nasos stansiyalarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini takomillashtirish, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish, mutaxassis-xodimlarning malakasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati