Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Uzunbuloq” nasos stansiyasi o‘tgan yili davlat-xususiy sheriklik tizimiga o‘tkazilib, “Gidrostroy-Megastroy” MChJ boshqaruviga berilgan edi. Baxmal tumanidagi 380 gektardan ziyod maydonni obihayot bilan ta’minlovchi ushbu obуektda yangi tizimga o‘tgandan keyin bo‘lgan o‘zgarish va yangiliklar tahlil qilingan seminar tashkil etildi....
Amu-Surxon ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyada suv xo‘jaligi tizim tashkilotlarini malakali oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash, yuridik xizmat faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi mavzusida seminar tashkil qilindi....
Amu-Surxon ITHB boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Mahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Qiziriq tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasida yordamchi xo‘jalikni rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida kelishganda tuman irrigatorlarining bir gidrouchastka hududida 20 oila asalari parvarishi bilan shug‘ullanishayotgani guvohi bo‘lishdi. Tuman suvchilariga bu ish bilan yanada jiddiy shug‘ullanish, asalarilar oila sonini ko‘paytirish tavsiya qilindi. Tashkilot ma’muriy idorasi hamda kanallar va gidrouchastkalar atrofida o‘stirilayotgan to‘qsonbosti ekinlarni oziqlantirib, sug‘orish topshirig‘i berildi. Irrigatorlar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda suvchilarga chorva va parranda bosh sonlarini ko‘paytirish choralarini izlash, o‘tgan yil bahori va kuzida ekilgan mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini qarovsiz qoldirmay sug‘orib turish, ayni paytda mevali daraxtlar ko‘chatini o‘tqazish uchun qulay fursat ekanligidan foydalanib, bo‘sh joylarga ekish topshirig‘i berildi....
Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkilotlari dalalarini suv bilan ta’minlaydigan ichki ariq, shoxariq, kichik kanal va boshqa sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari qizg‘in pallada. O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlangan bu tadbir to sug‘orish mavsumigacha davom ettiriladi hamda shu vaqt orasida 1100 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan....
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Chinoz tumanida joylashgan “Islohot” nasos stansiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi....
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, hazrat Mir Alisher Navoiy suvchilarning diliga yaqin, miroblarni qo‘llab-quvvatlagan ulug‘ ijodkor....
Forish tumanida qurilayotgan kanalda bajarilayotgan ishlarning borishi tahlil qilingan seminar tashkil etildi....
Muzrabot tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Indenim» klasterining «Qo‘ng‘irot-Jayxun» hududidagi g‘allazorda fermer xo‘jaliklari rahbaru a’zolari, suvchilar, kanal boshliqlari, miroblar, gidrometr xizmati mutaxassislari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga mas’ul mutaxassislar, tuman «Suv yetkazib berish xizmati» mutaxassislari ishtirokida tadbir o‘tkazildi....
Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l Kumush kalava” MChJ ekin maydonlarida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, obihayotning behuda yo‘qotilishining oldini olish hamda zamonaviy suv tejovchi va suv o‘lchash vositalaridan foydalanish, iste’molchilar o‘rtasida suv resurslari taqsimotini adolatli tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi....
Joriy yilning 31-yanvar kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiуev Andijon viloyatiga safari chog‘ida Oltinko‘l tumanidagi “Baxt” nasos stansiyasini borib ko‘rgan edi. Kuzgi-qishki chora-tadbirlar bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib, nasos stansiyasi rahbarini ogohlantirgan edi....