Forish tumanida qurilayotgan kanalda bajarilayotgan ishlarning borishi tahlil qilingan seminar tashkil etildi.
Tadbirda boshlang‘ich taxminiy qiymati 61,5 milliard so‘m bo‘lgan obуektda suv o‘tkazish quvvati soniyasiga 10 m3 bo‘lgan 20 kilometr uzunlikdagi kanal qurilishi rejalashtirilgani, bugungi kunda pudratchi tashkilot tomonidan mazkur inshootning 5,9 kilometrida tuproq, 1,5 kilometrida esa, betonlash ishlari bajarilgani haqida ma’lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari kanal qurilishida ishtirok etayotgan 15 ga yaqin mashina-mexanizmlar, jumladan, 5 dona ekskavator, 1 dona buldozer, 8 dona boshqa maxsus texnikalar hamda 40 nafar ishchi-xodimning samarali ishlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga e’tibor qaratishdi.
Seminar yakunida “Forish” kanali yordamida 20 ming gektar yer maydonining suv ta’minoti yaxshilanishi, shuning uchun, ushbu muhim ob’ektni yilning yakunigacha foydalanishga topshirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati