Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Uzunbuloq” nasos stansiyasi o‘tgan yili davlat-xususiy sheriklik tizimiga o‘tkazilib, “Gidrostroy-Megastroy” MChJ boshqaruviga berilgan edi. Baxmal tumanidagi 380 gektardan ziyod maydonni obihayot bilan ta’minlovchi ushbu obуektda yangi tizimga o‘tgandan keyin bo‘lgan o‘zgarish va yangiliklar tahlil qilingan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Sirdaryo-Zarafshon ITHB davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va joriy etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Mirtozaуev so‘z olib, davlat-xususiy sheriklik shartlari, loyiha obуektini tanlash, uning konsepsiyasi, baholanishi, moliyaviy hisob-kitoblarini amalga oshirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimida ishni aniq reja asosida to‘g‘ri tashkil qilish natijasida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan ijobiy ko‘rsatkichlar, obуektga kiritiladigan investitsiyalardan oqilona foydalanish samaralari sanab o‘tildi.
Ta’kidlandiki, Baxmal tumanidagi davlat-xususiy sheriklik tizimiga o‘tgan birinchi nasos stansiyasi va uning faoliyati ko‘plab tashabbuskor tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Ularning bir guruhi anjumanda ishtirok etdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati