Joriy yilning 31-yanvar kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiуev Andijon viloyatiga safari chog‘ida Oltinko‘l tumanidagi “Baxt” nasos stansiyasini borib ko‘rgan edi. Kuzgi-qishki chora-tadbirlar bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib, nasos stansiyasi rahbarini ogohlantirgan edi.
7-fevral kuni vazirlik ishchi guruhi ushbu nasos tansiyasida bo‘lib, topshiriqlar ijrosi qanday bajarilayotganini o‘rgandi.
Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i U.To‘xtarovning ma’lumot berishicha, nasos stansiyasi atrofidagi daraxtlarga shakl berildi va oqlandi, hududdagi yerlar shudgorlandi. Avankamera ekskavator yordamida tozalandi, darvozalar ta’mirlanib, bo‘yoqlash ishlari olib borilayapti. Nasos stansiyasi hovlisidagi issiqxonaning polietilen plyonkalari yangilandi.
Nasos stansiyasining barcha xodimlari jalb etilgan holda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Axborot xizmati