Amu-Surxon ITHB boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Mahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Qiziriq tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasida yordamchi xo‘jalikni rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida kelishganda tuman irrigatorlarining bir gidrouchastka hududida 20 oila asalari parvarishi bilan shug‘ullanishayotgani guvohi bo‘lishdi. Tuman suvchilariga bu ish bilan yanada jiddiy shug‘ullanish, asalarilar oila sonini ko‘paytirish tavsiya qilindi. Tashkilot ma’muriy idorasi hamda kanallar va gidrouchastkalar atrofida o‘stirilayotgan to‘qsonbosti ekinlarni oziqlantirib, sug‘orish topshirig‘i berildi. Irrigatorlar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda suvchilarga chorva va parranda bosh sonlarini ko‘paytirish choralarini izlash, o‘tgan yil bahori va kuzida ekilgan mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini qarovsiz qoldirmay sug‘orib turish, ayni paytda mevali daraxtlar ko‘chatini o‘tqazish uchun qulay fursat ekanligidan foydalanib, bo‘sh joylarga ekish topshirig‘i berildi.
Havza boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari T.Mahmudov seminar ishtirokchilaridan oxirgi ikki oyda qanday kitob o‘qishganini so‘raganda suvchilarning uch nafari O‘zbekiston xalq yozuvchilari O‘tkir Hoshimov va Tog‘ay Murodning roman hamda qissalarini o‘qib chiqishganini bildirishganda xursand bo‘ldiyu, ammo «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi ma’muriy idorasida viloyat va respublika gazetalari taxlamlari yo‘qligini ta’kidlab, suvchilarning rahbari Muzaffar Ne’matov va bosh hisobchiga yilning qolgan oylarida hech bo‘lmasa bir necha nomdagi gazetalarga obunani rasmiylashtirib, har haftadan xodimlar bilan o‘tkaziladigan «Ma’naviyat soati»da xodimlarni gazetalarda chop etilgan muhim qarorlar va dolzarb mavzudiga maqolalar bilan tanishtirib borish tavsiya qilindi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati