Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Chinoz tumanida joylashgan “Islohot” nasos stansiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur nasos stansiyasida 3 dona nasos agregati mavjud bo‘lib, 4 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Nasos stansiyaning umumiy suv chiqarish quvvati 0,77 m3/sek. ni tashkil etadi. Nasos stansiyaga biriktirilgan maydon 335,1 gektar tashkil etadi.
Seminarda elektr energiyasi iste’moli hamda uni tejash, nasos stansiyalarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini takomillashtirish, yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish, mutaxassis-xodimlarning malakasini oshirish, nasos stansiyalarida baxtsiz hodisalarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati