Qashqadaryo viloyati suv xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘nlab, yuzlab suvchilarning ustozi, tajribali mutaxassis, o‘z kasbining “professori” Botir Rahimov qutlug‘ 70 yoshga to‘ldi....
Kogon tumanida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, behuda yo‘qotilishining oldini olish, zamonaviy suv o‘lchash vositalaridan foydalanish, iste’molchilar o‘rtasida suv resurslari taqsimotini adolatli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi....
Joriy yilda Termiz tumani g‘allakorlari boshoqli don ekinlari parvarishlanayotgan dalalarining 500 gektarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatishni rejalashtirgan. Hozirgacha pudrat tashkilotlari bilan 400 gektar g‘allazorni shu usulda sug‘orish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi hamda tijorat banklaridan kredit ajratish uchun hujjatlar to‘plami taqdim qilingan. Termiz tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Indenim Termiz» klaster tashkiloti bilan fyuchers shartnomasi asosida mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklariga hozircha 100 gektar g‘allazorda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish uchun klaster tashkiloti 2,5 milliard so‘m ajratgan. Ayni paytda «Drip servis Agro» MChJ mutaxassislari ajratilgan mablaqqa qurilish-montaj ishlarini bajarishmoqda va bugungacha 64 gektar maydondagi g‘allazorda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq ishga tushirildi....
Amu-Surxon ITHBning Qumqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 3-avtosaroyida seminar tashkil qilindi. Jamoaning barcha mexanizatorlari va haydovchilari ishtirok etgan seminarda bu yil 8 tonna qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejasi belgilanganligi, hozirdan bu ishga jiddiy yondoshib, topshiriqni o‘z muddatidan uddalash lozimligi ta’kidlandi....
2024-yil 31-yanvar kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi....
Denov tumani hududida joylashgan «Otqamar» nasos stansiyasi xususiy sherik boshqaruviga o‘tkazilmoqda. Ushbu nasos stansiyasi 1982-yil qurilgan bo‘lib, ichki kanaldan suv tortib chiqarib, fermer xo‘jaliklarining 105 gektar dalalari hamda aholi tomorqalarini obihayot bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda....
Xiva tumanida joylashgan “Arviq” nasos stansiyasida energiya tejamkorligini ta’minlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi....
Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi (JBNS)da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar, yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borishni ta’minlash mavzularida seminar tashkil etildi....
Ma’lumki, suv xo‘jaligi tizimini boshqarish, uning tasarrufidagi inshoot va mexanizmlarni ishchi holatida saqlash, kanal va zovurlarni ta’mirlash kabi keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun katta miqdorda byudjet mablag‘i sarflanadi....
Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Mirishkor tumanida joylashgan «Toshkent» meliorativ nasos stansiyasida elektr energiya tejamkorligi mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma bo‘lim boshliqlari va tumandagi nasos stansiyalari xodimlari ishtirok etdi....