2024-yil 31-yanvar kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari R.Qarshiyev va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘tkazildi.
Suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan yoshlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni rahbar lavozimlariga tarbiyalash, tajribasini oshirish, qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda ekanligi e’tirof etildi.
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i X.Xamidov Andijon viloyatida suv xo‘jaligi sohasida bugungi kunda 374 nafar yoshlar mas’ul lavozimlarda ishlayotgani, ularning safi har yili bitiruvchilar hisobiga kengayib borayotganinita’kidladi.
Vazir o‘rinbosari ushbu institutida “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Suvchilar maktabi”ning yangi o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi. Yangi texnologiyalar bilan jihozlangan xonalar kelgusida fermerlar, agroklaster mutaxassislari va talabalarni o‘qitish uchun xizmat qiladi.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati