Amu-Surxon ITHBning Qumqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 3-avtosaroyida seminar tashkil qilindi. Jamoaning barcha mexanizatorlari va haydovchilari ishtirok etgan seminarda bu yil 8 tonna qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejasi belgilanganligi, hozirdan bu ishga jiddiy yondoshib, topshiriqni o‘z muddatidan uddalash lozimligi ta’kidlandi.
Seminar jarayonida jamoa a’zolari avtosaroydagi mavjud 14 ta texnika va mexanizmlar yordamida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarida bir qancha ishlarni qilayotgani, rahbariyat qanday topshiriq bersa yoki qaysi ob’ektga yo‘naltirsa, barcha yumushlar o‘z vaqtida bajarilayotgani e’tirof etilib, avtosaroyda buzilib yotgan, yoki arzimas ehtiyot qismi ishdan chiqqanligi tufayli oylab foydalanilmayotgan texnikalarni ishlatish, xususiy korxonalar bilan shartnoma asosida ish bajarib tashkilotning rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘ tushirish, shu hisobda ham ishchilarni ijtimoiy himoya qilish, ham buzuq texnikalarni sozlashga hissa qo‘shish topshiriqlari berildi.
Avtosaroyga tegishli bino va inshootlarning kadastr hujjatlarini tayyorlash hamda rasmiylashtirish ishlari haddan ziyod cho‘zilib ketayotgani, buning uchun avtosaroy boshlig‘i Quvondiq Choriyev mas’uliyat his etmayotgani tanqid qilinib, munosabat shu zaylda davom ettaversa, bino va inshootlar hokimlik zahirasiga o‘tkazilib, auksion savdoda sotuvga qo‘yib yuborilishi hech gap emasligi yuzasidan mas’ullar ogohlantirildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati