Hademay o‘lkamizga bahor keladi. Nasos stansiyalarining texnik holati qanday? Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli, Parkent tumanida joylashgan “Istiqbol” nasos stansiyasida nasos agregatlarini mavsumga hozirlash, texnik nazoratdan o‘tkazish, energiya tejamkor qurilmalar hisobidan elektr energiyasini tejash masalasiga bag‘ishlangan seminarda bu haqida alohida to‘xtalib o‘tildi....
Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga bahor fasli kirib keladi. Bu fasl agrar sohada mehnat mavsumining boshlanishidan darak beradi. Ekin ishlarini boshlagan dehqonga esa suv tabiiy zarurat hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bu davrda suv tizimi xodimlarining ham yumushlari ortadi....
Uzun tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi hamda mazmun-mohiyati, suv hisobi, suv tejovchi texnologiyalar afzalliklari, gidrometriya xizmatini samarali tashkil etish mavzusida seminar tashkil qilindi....
Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari energetika boshqarmisiga qarashli “Paxtakor” nasos stansiyasida tashkil etilgan seminarda inshootni elektr energiyasi limitiga qat’iy rioya qilgan holda ishlatish, jarayon davomida energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish, nasos agregatlari va ehtiyot qismlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida saqlash masalalariga e’tibor qaratildi....
Peshku tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni tizimi takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi....
Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Uzunbuloq” nasos stansiyasi o‘tgan yili davlat-xususiy sheriklik tizimiga o‘tkazilib, “Gidrostroy-Megastroy” MChJ boshqaruviga berilgan edi. Baxmal tumanidagi 380 gektardan ziyod maydonni obihayot bilan ta’minlovchi ushbu obуektda yangi tizimga o‘tgandan keyin bo‘lgan o‘zgarish va yangiliklar tahlil qilingan seminar tashkil etildi....
Amu-Surxon ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyada suv xo‘jaligi tizim tashkilotlarini malakali oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash, yuridik xizmat faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi mavzusida seminar tashkil qilindi....
Amu-Surxon ITHB boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Mahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Qiziriq tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasida yordamchi xo‘jalikni rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida kelishganda tuman irrigatorlarining bir gidrouchastka hududida 20 oila asalari parvarishi bilan shug‘ullanishayotgani guvohi bo‘lishdi. Tuman suvchilariga bu ish bilan yanada jiddiy shug‘ullanish, asalarilar oila sonini ko‘paytirish tavsiya qilindi. Tashkilot ma’muriy idorasi hamda kanallar va gidrouchastkalar atrofida o‘stirilayotgan to‘qsonbosti ekinlarni oziqlantirib, sug‘orish topshirig‘i berildi. Irrigatorlar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda suvchilarga chorva va parranda bosh sonlarini ko‘paytirish choralarini izlash, o‘tgan yil bahori va kuzida ekilgan mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini qarovsiz qoldirmay sug‘orib turish, ayni paytda mevali daraxtlar ko‘chatini o‘tqazish uchun qulay fursat ekanligidan foydalanib, bo‘sh joylarga ekish topshirig‘i berildi....
Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkilotlari dalalarini suv bilan ta’minlaydigan ichki ariq, shoxariq, kichik kanal va boshqa sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari qizg‘in pallada. O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlangan bu tadbir to sug‘orish mavsumigacha davom ettiriladi hamda shu vaqt orasida 1100 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan....
Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Chinoz tumanida joylashgan “Islohot” nasos stansiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi....