Peshku tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni tizimi takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilariga mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejaydigan texnologiyalar, xususan, tomchilatib, yomg‘irlatib, pulsar sug‘orish tizimlarini keng joriy etish hamda ushub texnologiyalarni joriy etganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida mazkur qarorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yetkazib berilgan 1 kub metr suv narhi 100 so‘m etib, iste’mol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan sub’ektlar uchun suv solig‘i bazasi tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi tushuntirildi. Shuningdek, yangidan tashkil etilgan davlat muassasalari raxbarlariga suv sarfini monitoring qilish daftarlarini yuritish, suv tejovchi texnologiyalar joriy qiladigan iste’molchilarga suvkredit.uz platformasi orqali arizalar topshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati