Hademay o‘lkamizga bahor keladi. Nasos stansiyalarining texnik holati qanday? Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli, Parkent tumanida joylashgan “Istiqbol” nasos stansiyasida nasos agregatlarini mavsumga hozirlash, texnik nazoratdan o‘tkazish, energiya tejamkor qurilmalar hisobidan elektr energiyasini tejash masalasiga bag‘ishlangan seminarda bu haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Nasos stansiyalarini sug‘orish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ham to‘xtalib o‘tilib, har bir ishchi-xodim o‘z vazifasiga sidqidildan yondoshishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, nasos stansiyalariga ajratilgan elektr energiya limtlari doirasida foydalanish zarurligi va o‘rnatilgan energiya tejamkor qurilmalar hisobidan elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati