Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari energetika boshqarmisiga qarashli “Paxtakor” nasos stansiyasida tashkil etilgan seminarda inshootni elektr energiyasi limitiga qat’iy rioya qilgan holda ishlatish, jarayon davomida energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish, nasos agregatlari va ehtiyot qismlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, nasos stansiyasi uchun 2024-yilga ajratilgan elektr energiyasi va 2023–2024 yillar kuz-bahor davrida chiqarilishi lozim bo‘lgan suv limiti tasdiqlab qo‘yilgan. Ana shu ko‘rsatmalar asosida faoliyat yuritgan jamoa joriy yilning ortda qolgan davrida o‘zi uchun ajratilgan 331 ming kilovatt elektr energiya limitining 16 ming kilovattini tejashga muvaffaq bo‘ldi. Quvonarli jihati, fermer joriy yilda o‘ziga qarashli paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ham qo‘llashni niyat qilib turibdi.
Seminarda, shuningdek, “Paxtakor” nasos stansiyasida 4 dona nasos agregati mavjudligi, joriy qishki mavsumda ularning ikkitasini ta’mirlash rejalashtirilib, topshiriq nihoyasiga yetkazilganligii ham aytib o‘tildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati