Bugun Suv xo‘jaligi vazirligida Belgiya Qirolligining O‘zbekistondagi yangi tayingangan elchisi Anri Vantigem bilan uchrashuv o‘tkazildi....
Xalqimiz farovonligini va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi eng muhim ne’matlardan biri bu – suv resurslaridir. Qadimdan ajdodlarimiz obi hayotning bir tomchisini ham isrof qilmasdan, unumli foydalanib, hamjihatlikda va farovon hayot kechirganlar. Daryo va soylarning o‘zanlarini boshqarib, ariqlar qazib, suv chiqarganlar, manzillarni obod etganlar....
Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yil 18-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu yil qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini jadal oshirish uchun sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi....
Bugun Xitoyning “CITIC Construction Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yan szyansyan boshchiligidagi delegatsiya Suv xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi....
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Sho‘rchi tumanida joylashgan “Polvontosh” nasos stansiyasi mavjud 4 ta nasos agregati yordamida Surxondaryo daryosidan suv chiqarib, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotining 350 gektardan ziyod ekin maydonlarini obihayot bilan ta’minlaydi. Joriy yilda ushbu nasos stansiyasini viloyatdagi 19 ta nasos stansiyalari singari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy tadbirkorlar tasarrufiga o‘tkazish rejalashtirilgan....
Qumqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan «To‘g‘riguzar» nasos stansiyasidagi mavjud 7 ta agregat yordamida Surxondaryo daryosidan suv tortilib, fermer xo‘jaliklarining qariyb ming gektar ekin maydonlari hamda aholi tomorqalari obihayot bilan ta’minlanadi. Joriy yilda ushbu nasos stansiyasini «Termiz Jayxun klaster» MChJ boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida berish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan mazkur obуektda seminar o‘tkazilib, davlat-xususiy sheriklik shartlari, xususan, loyihani tayyorlash, xususiy sherik tomonidan kiritiladigan sarmoyalar nasos stansiyasi faoliyatini yaxshilashga qay darajada xizmat qilishi haqida atroflicha axborot berildi....
Har yili irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini, shuningdek, nasos stansiyalarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish jarayonida har xil metallar va ehtiyot qismlardan foydalaniladi. Agar bu jihozlarning barchasi jamlansa, tonna-tonna yuk bo‘ladi. Tabiiyki, irrigator va melioratorlar hamda nasos stansiyalari mutaxassislari ishlatadigan barcha jihozlar, metallar, ehtiyot qismlar temir, cho‘yan, po‘lat singari tabiiy boyliklarimizdan tayyorlanadi. Yer ostidagi ruda konlaridan qazib olinadigan xomashyolardan metallurgiya kombinatlarida irrigator va melioratorlar foydalanadigan turli metall buyumlar tayyorlanadi. Yer ostidagi boyliklarimiz ham bitmas-tuganmas emas....
Ushbu sana munosabati bilan bugun poytaxtimizdagi “Suvchilar maktabi”da davra suhbati o‘tkazildi. “Suv resurslari va ulardan foydalanishdagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi tadbir Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi....
«Qorako‘l» nasos stansiyasi yordamida Qorako‘l tumanning 29 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan ekin maydonlariga suv yetkazib beriladi. Suv inshootida 27 kishi mehnat qiladi....
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminar Bekobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik faoliyati hamda raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi....