Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminar Bekobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik faoliyati hamda raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlandi.
Ta’kidlandiki, bugungi kunda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Aqlli suv” qurilmalarini yanada keng joriy qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan bo‘lsada, tumanda bu boradagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud “Aqlli suv” qurilmalari to‘liq ishlamayotir, sim karta to‘lovlari tashkil qilinmagan.
Seminarda, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z muddatida va sifatli bajarish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati