Ushbu sana munosabati bilan bugun poytaxtimizdagi “Suvchilar maktabi”da davra suhbati o‘tkazildi. “Suv resurslari va ulardan foydalanishdagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi tadbir Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Suv xo‘jaligi vazirligi va Ekopartiya vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasidagi qonunchilik, suv resurslari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohada ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar, innovatsiyalar hamda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Axborot xizmati