Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi, Sho‘rchi tumanida joylashgan “Polvontosh” nasos stansiyasi mavjud 4 ta nasos agregati yordamida Surxondaryo daryosidan suv chiqarib, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotining 350 gektardan ziyod ekin maydonlarini obihayot bilan ta’minlaydi. Joriy yilda ushbu nasos stansiyasini viloyatdagi 19 ta nasos stansiyalari singari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy tadbirkorlar tasarrufiga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu obуektda o‘tkazilgan seminar ishtirokchilariga nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sarmoyadorlarga topshirish shartlari yuzasidan axborot berildi. Seminarda mavjud to‘rtta nasos agregati sifatli ta’mirlanib, mavsumga barvaqt shaylangani e’tirof qilinib, davlat-xususiy sheriklik tamoyilining afzalliklari, sarmoyadorlar tomonidan kiritiladigan mablag‘, elektr energiyasini tejash tartiblari xususida to‘laqonli tushuncha berildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati