Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi bo‘lgan, Sh.Rashidov tumani hududida joylashgan “Yashil voha” nasos stansiyasi 2023-yilning so‘nggi oylarida davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida xususiy tadbirkor boshqaruviga o‘tkazildi.
Ushbu ob’ektda tashkil etilgan seminarda loyihani talab darajasida amalga oshirish borasida so‘z bordi. Tadbir ishtirokchilariga davlat-xususiy sheriklik loyihasi shartlari, loyiha ob’ektini boshqarish, unga tegishli hujjatlar bilan ishlash borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
– Keyingi uch-to‘rt yil davomida viloyatimiz bo‘yicha da 14 ta loyiha doirasida 20 ta nasos stansiyasi va 22 ta sug‘orish qudug‘i davlat-xususiy sheriklikka berildi, – dedi Sirdaryo-Zarafshon ITHB Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini shakllantirish va joriy etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Mirtozaуev. – Bugungi kunda ushbu ob’ektlar faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilayotir.
Seminarda “Yashil voha” nasos stansiyasini o‘z boshqaruviga olgan tashabbuskor – “Sultonbek Navro‘z” fermer xo‘jaligi vakillari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan yumushlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati