Angor tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM idorasida yordamchi xo‘jalikni yanada rivojlantirish, jumladan, qoramol, qo‘y-echki, tovuqlar bosh sonini ko‘paytirish, suv xo‘jaligi bino va inshootlari atrofini obodonlashtirish, daraxt ko‘chatlari ekishni davom ettirish, xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlardan xabardorligini oshirish maqsadida matbuot xizmati bilan hamkorlik qilish, gazeta-jurnallarga obuna bo‘lish mavzusida seminar tashkil qilindi.
Seminar ishtirokchilari gidrouchastkalar va kanallar bo‘yidagi bo‘sh yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirsh jarayonlari tanishildi. Ammo bostirmalar bo‘lsada, qoramol, qo‘y-echki, tovuqlar kamligi, chorva bosh sonini ko‘paytirib, irrigatorlarni bayramlarda go‘sht, tuxum bilan ta’minlash uchun har ikki tarmoqni rivojlantirish tavsiya qilindi.
O‘tgan yilning bahoru kuzida ekilgan mevali va manzarali daraxtlarni sug‘orish, oziqlantirish, chorva mollari payhonidan asrash, ayni hozir kanallar atrofi va gidrouchastkalardagi bo‘sh yerlarga ko‘chat ekish, kuz oylarida o‘tqazish uchun qalamchalar tayyorlashni jadallashtirish topshirig‘i berildi. Irrigatorlarning maoshi kamligi uchun deyarli hech bir xodim gazeta yoki jurnalga obuna bo‘lmagan. Davlat muassasasi rahbari va hisobchiga tashkilotning «Ma’naviyat xonasi»da bir necha nomdagi gazeta-jurnallar taxlami bo‘lishi, buning uchun yilning qolgan davri uchun tashkilotning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘idan obunani rasmiylashtirishga mablag‘ ajratish topshirig‘i berildi. Tashkilot «Ma’naviyat xonasi»da turli adabiyotlar, gazeta-jurnallar taxlami tursa, xodimlar bo‘sh vaqtda mutolaa bilan shug‘ullanishi ta’kidlandi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati