Amu-Surxon ITHB rahbariyati tashabbusi bilan Angor tumanidagi «Mustaqillik XXI asr» hududining «Qoraqir» uchastkasi hamda M.Azizov hududidagi «Angor zamini» klasteriga qarashli dalalarning chetidan o‘tgan kanal va kollektorlarda hashar uyushtirildi.
Hasharda Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlari «Suv yetkazib berish xizmati» DM va shu tumanlarning meliorativ uchastkalari, shuningdek, «Surxon»-«Sherobod» hamda «Amu-Zang» irrigatsiya tizim boshqarmalarining jami 100 nafari xodimi ishtirok etdi.
Ertalabdan kun botguncha davom etgan hasharda irrigator va melioratorlar qo‘l kuchi bilan kanallar va kollektorlar ichi va ikki yoni qamish, g‘ummay va boshqa begona o‘tlardan tozalandi hamda ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, 800 tup tut, tol, terak, jiyda qalamchalari o‘tqazildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati