Joriy yilning 29-mart kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi galdagi vazifalar, yangi tashabbuslar muhokama qilingan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi.
Xo‘jayli tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi ma’muriy binosi oldida tashkil qilingan tadbirda tuman hokimi va suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirok etib, “Yashil makon” loyihasining ahamiyati va “Dolzarb 10 kunlik” tadbiri doirasida ko‘chat ekiladigan hududlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘istonlik suvchilar tomonidan ekilgan ko‘chatlarning 4,3 ming tupi Eko platformaga kiritildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv
xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati