Bugun Buxoro tumanidagi «Panja» suv taqsimlash inshootida Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraуev viloyatdagi suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashdi. Unda kuz-qish mavsumida viloyat suv xo‘jaligi tizimida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, irrigatsiya-melioratsiya inshootlarini ta’mirlash-tiklash, kanal va ariqlarni betonlashtirish, suvdan samarali foydalanish, yordamchi xo‘jaliklar faoliyati hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama etildi. Bu kabi tizimda muhim ahamiyat kasb etadigan masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va e’tiborsizliklar tanqid qilindi.
Uchrashuvda viloyat suvchilari oldida turgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha o‘rganildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.
Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati