Ko‘kdala tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanidagi xo‘jaliklararo hamda ichki kanallar atrofiga bugungi kungacha 55 ming 300 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, “Yashil makon” ekoplatformasiga kiritilishi ta’minlandi.
Shuningdek, “Navro‘z” suvchilar uyida bog‘ tashkil etilib 200 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
– Joriy yilda davlat budjeti hisobidan “Umakay” kanalining 4,3 kilometr qismi, “Arabbandi” kanalining 14,5 kilometri betonlashtirilmoqda, – deydi Ko‘kdala tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Ma’rufjon Axmedov. – 40 nafar jamoamiz bilan mazkur kanallarninig muhofaza maydonidan 2 gektardan yer tayyorlab, 2 ming tupdan tol, tut ko‘chatlarini o‘tqazdik. Ko‘chat ekish ishlarini davom ettirib, mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Amu-Qashqadaryo ITHB matbuot xizmati