Muzrabot tumanida joriy yilda 917 gektar maydonda tomchilatib, 383 gektar g‘allazorda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozircha «Suvkredit.uz» platformasi orqali 22 ta talabgorning 326 gektar maydonida tejamkor texnologiyalarini qo‘llash uchun 4,5 milliard so‘m moliyalashtirilgan. Ayni paytda «Eko polimer komfort» hamda «Omad start» MChJ mutaxassislari tomonidan 60 gektar maydonda texnologiyalarni qurish ishlari bajarilmoqda. Amu-Surxon ITHB bosh mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminarda suv tejovchi texnologiyalarni dalasida o‘rnatishga talabgor fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ularning dalasida ishlayotgan pudratchi tashkilotlar mutaxassislariga prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar, «Suvkredir.uz» elektron tizimi orqali kredit ajratish tartiblari, dalasida suv tejamkor texnologiyalarni o‘rnatayotgan xo‘jalik yurituvchi subуektlarga xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyalar haqida batafsil tushuncha berildi.
Seminarda pudratchi tashkilot mutaxassislariga texnologiyalarni tez va sifatli o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Muzrabot tumani «Suv yetkazib berish xizmati» DM xodimlari bilan suhbat jarayonida suv resurslaridan samarali foydalanish, gidrometriya xizmatini namunali tashkil qilish, iste’molchilar dalasiga yetkazib berilayotgan suv hisob-kitobi jurnallarini to‘g‘ri yuritish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati