Bugungi kunda mamlakatimizdagi mavjud gidrotexnik inshootlarning texnik xavfsizligini ta’minlash, ekspluatаsiya qilish va ularni doimo nazoratda tutish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Toshkent magistral kanali Toshkent viloyatining eng yirik irrigatsiya tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda bu kabi tumanlararo kanal va suv inshootlari doimo e’tiborda.
Toshkent magistral kanali bosh inshootida “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Chirchiq-Ohangaron ITHB hamkorligida o‘tkazilgan seminarda shu haqida so‘z bordi.
Seminarda mavjud gidrotexnika inshootlarining texnik holati, suvdan foydalanishda inshootlarini boshqarish, suvning hisobini yuritish va gidrotexnika inshootlarni ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligiga rioya qilish muhim ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash, qayta tiklash, texnik nazoratdan o‘tkazish, muddati o‘tib ketgan xavfsizlik deklarsiyalarini qayta ishlashga e’tibor qaratish zarurligiga ham ahamiyat berildi.
Seminar davomida bosh inshootning texnik holati o‘rganib chiqildi va qo‘shimcha tavsiyalar berildi. Jumladan, inshootlarning texnik qismlarini zanglashiga qarshi ishlov berish, kanalning beton qoplamalarini joriy ta’mirlash, tozalash ishlarini olib borish va nazorat qilish, distpetcherlik xonasini ta’mirlash hamda ularni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmati