Suv xo‘jaligi obуektlarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini muhokama etish hamda kelgusi vazifalarni belgilab olish yuzasidan “Do‘stlik” kanalining Nukus shahridan o‘tgan qismidan o‘tuvchi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlandiki, joriy yilda kanalning 1,4 kilometr qismida rekonstruksiya (betonlash) ishlari belgilanib, bugungi kunda 1,3 kilometr qismida tuproq ishlari va 1,1 kilometr qismida betonlash ishlari bajarildi.
E’tiborlisi, kanalni rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish natijasida Nukus shahrida suv turizmini rivojlantirish, suv sporti bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish va kanal bo‘yini dam olish maskaniga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati