Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Yoyilma” nasos stansiyasida tashkil etilgan seminarda ajratilgan elektr energiya limitiga qat’iy rioya qilish, elektrotejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos agregatlari va ehtiyot qismlarini texnik soz holda saqlash, inshoot hududi va atrofini obodonlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda mazkur nasos stansiyasiga 2024-yil uchun ajratilgan elektr energiya hamda vegetatsiya mavsumi uchun chiqariladigan suv limiti aniq tasdiqlab qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi. Belgilangan jadval asosida ish yuritgan mehnat jamoasi joriy yil yanvar-aprel oylari uchun ajratilgan 70 ming kVt elektr energiyasining 58 ming kVt. ini tejashga erishilgani e’tirof etildi.
Shuningdek, agregatlarni ta’mirlash-tiklash, inshoot atrofida obodonlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida tez orada boshlanib ketadigan sug‘orish mavsumiga rejalashtirilgan ishlarni talab darajasida amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati