Buvayda tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, jori yilda tumandagi 200 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilgan.
Seminar ishtirokchilari “Yangi porloq umidi” fermer xo‘jaligida qo‘llanilayotgan suv tejovchi texnologiyalar bilan tanishdi. Fermer xo‘jaligining jami 80 gektar ekin maydoni mavjud bo‘lib, 22 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish maqsadida “suvkredit.uz” elektron platformasi orqali ariza topshirilgan. Hozirgi kunda ushbu texnologiyalarni joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot xizmati